Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 28-turi “Roma” — “Torino” o‘yini bilan start oldi. Avvalgi tur “Fiorentina” futbolchisi Davide Astorining vafot etishi sabab qoldirilgandi.
Fotogalereya: 8-mart Italiya uchun motamga aylandi va 31 yoshida vafot etgan futbolchi Davide Astori so‘nggi yo‘lga kuzatildi
“Roma” kelayotgan hafta Chempionlar Ligasining chorak finali yo‘lida Ukrainaning “Shaxtyor” klubini qabul qiladi. Tomonlarning safardagi o‘yinida “konchilar” 2:1 hisobida zafar quchgandi. Mana shu o‘yin oldidan “bo‘rilar” kayfiyatni ancha ko‘tarib oldi va A seriyada yana bir muhim g‘alabaga erishdi. Bir tur avval rimlik futbolchilar Neapolga borib, “Napoli”dan ustun kelgandi — 4:2.28-tur doirasida A seriyaning yetakchi klublari ertaga — yakshanba kuni o‘yin o‘tkazadi.
Italiya A seriyasi 28-tur o‘yinlari 9-mart, juma
“Roma” — “Torino” 3:0
Gollar: Kostas Manolas, 56 (1:0). Daniele De Rossi, 73 (2:0). Lorenso Pellegrini, 93+ (3:0).11-mart, yakshanba“Fiorentina” — “Benevento” 16:30“Yuventus” — “Udineze” 19:00“Krotone” — “Sampdoriya” 19:00“Kalyari” — “Latsio” 19:00“Bolonya” — “Atalanta” 19:00“Jenoa” — “Milan” 22:00“Inter” — “Napoli” 00:45
Izoh (0)