Rossiyaning Yevropa Ligasida davom etayotgan uch klubi nimchorak finalda mag‘lubiyatga uchradi.

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik Vitaliy Denisov to‘p suradigan “Lokomotiv” Madridda “Atletiko”dan yirik hisobda yengildi — 0:3. Shu kuni Denisov moskvaliklar safida ko‘rinish bermadi.

“Temiryo‘lchilar”dan keyin “armiyachilar” Fransiya klubiga imkoniyatni boy berdi. Shuningdek, Piterning “Zenit” klubi Germaniyadan mag‘lub bo‘lib qaytdi. Shunga qaramay, navbatdagi bosqichga yo‘l olish masalasida aynan “Zenit”ning imkoniyati biroz yaxshiroq.

Kiyevning “Dinamo” klubi Rimda “Latsio” mehmoni bo‘lib, jangovor durang natijaga imzo chekdi — 2:2. Javob o‘yinlari 15-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Ligasi

1/8 final

8-mart, payshanba

“Atletiko” (Ispaniya) — “Lokomotiv” (Rossiya) 3:0

Gollar: Saul, 22 (1:0). Diyego Kosta, 47 (2:0). Koke, 90 (3:0).

SSKA (Rossiya) — “Lion” (Fransiya) 0:1

Gol: Marselo, 68 (0:1).

“Leyptsig” (Germaniya) — “Zenit” (Rossiya) 2:1

Gollar: Armindo Bruma, 56 (1:0). Timo Verner, 77 (2:0). Domeniko Krishito, 86 (2:1).

“Latsio” (Italiya) — “Dinamo K” (Ukraina) 2:2

Gollar: Viktor Sigankov, 52 (0:1). Chiro Immobile, 54 (1:1). Felipe Anderson, 62 (2:1). Morayes, 79 (2:2).

Chetlatish: Denis Garmash, 96+ (D).