Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi musobaqasining chorak finali sari Londonning “Arsenal” klubi dadil qadam tashladi.

Foto: Getty Images

Yevropa Ligasi. Rossiyaning har uchala klubi chorak final oldidan mag‘lub bo‘ldi. Kiyevliklar esa Rimda durang o‘ynadi

Ichki chempionatda omadsizliklar girdobiga tushib qolgan londonliklar, o‘zini tobora tiklab borayotgan “Milan” maydonida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa Arsen Venger jamoasi javob o‘yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Dortmundning “Borussiya” klubi esa kutilmaganda o‘z uyida imkoniyatni boy berdi. Bu safar “Chelsi”dan ijaraga olingan Mishi Bachuayi ham mezbonlar joniga oro kira olmadi.

Yevropa Ligasi

1/8 final

8-mart, payshanba

“Milan” (Italiya) — “Arsenal” (Angliya) 0:2

Gollar: Genrix Mxitaryan, 15 (0:1). Aaron Remzi, 49+ (0:2).

“Borussiya D” (Germaniya) — “Zalsburg” (Avstriya) 1:2

Gollar: Valon Berisha, 49-pen (0:1). Valon Berisha, 56 (0:2). Andre Shyurrle, 62 (1:2).

“Marsel” (Fransiya) — “Atletik” (Ispaniya) 3:1

Gollar: Lukas Okampos, 1 (1:0). Dimitri Paye, 14 (2:0). Aris Aduris, 48+ pen (2:1). Lukas Okampos, 57 (3:1).

“Sporting” (Portugaliya) — “Viktoriya” (Chexiya) 2:0

Gollar: Fredi Montero, 46+ (1:0). Fredi Montero, 49 (2:0).