Tesla’ning haydovchisiz elektr yuk mashinasi birinchi marta yuk yetkazib berdi. Kompaniya asoschisi Ilon Mask tayyorgarlik va jo‘natish jarayonlari aks etgan suratni o‘zining Instagram’dagi sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram / @elonmusk

Maskning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinalari Tesla avtomobillari uchun Sparks shahridagi zavodga va Frimont shahridagi yig‘ish konveyeriga akkumulyatorlar yetkazib bergan.

Business Insider’ning yozishicha, yuk mashinalari 2019-yilga qadar seriyali ishlab chiqarishga qo‘yilmaydi. Mask yuk mashinasining namunasini 2017-yilning noyabr oyida namoyish etgan. Shundan so‘ng Tesla’ga Pepsi, Walmart va Anheuser-Busch kompaniyalaridan yuk mashinalari uchun buyurtma kelib tushgan.