Samsung kompaniyasi Nyu-Yorkdagi taqdimotda o‘z QLED-televizorlarining yangilangan seriyasini namoyish etdi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. 2018-yilgi lineykaning asosiy o‘ziga xosligi oddiy televizorni axborot stendiga aylantiruvchi Ambient Mode rejimi bo‘ldi. Ekranda yangiliklar, ob-havo, yo‘llardagi vaziyatni aks ettirish, musiqa qo‘yish mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Lineykada beshta model bor:

  • Q6F — 49, 55, 65, 75 va 82 dyuym;
  • Q7F — 55, 65 va 75 dyuym;
  • Q7С — 55 va 65 dyuym;
  • Q8F — 55, 65 va dyuym;
  • Q9F — 65, 75 va 88 dyuym.

QLED texnologiyasining OLED’dan farqi — organik yorug‘lik diodlari o‘rniga, kvant nuqtalarining borligi. Kompaniya qayd etishicha, ular ishlab chiqarishda arzonroqqa tushadi va energiya jihatidan samaradorroqdir.

Televizorlarning smart-tizimi yanada soddalashdi. Endi pultni qidirib o‘tirish o‘rniga, barcha funksiyalarni smartfondan SmartThings dasturi orqali bajarish mumkin.

Yangi lineykadagi televizorlar may oyida sotuvga chiqadi.