AQShning sobiq prezidenti Barak Obama o‘z shousini yo‘lga qo‘yish yuzasidan Netflix kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Muzokaralarda Mishel Obama ham ishtirok etayotganligi ta’kidlanmoqda.
Netflix Obama va uning rafiqasiga kompaniyaning faqat striming servisida (hozirda dunyo bo‘yicha 118 millionga yaqin obunachiga ega) ko‘rish mumkin bo‘lgan eksklyuziv shou uchun haq to‘lashga tayyor.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Obama o‘z shousini AQShning hozirgi prezidenti Donald Trampning siyosiy yo‘nalishini tanqid qilish vositasi sifatida qo‘llash niyatida emas. Obama prezident bo‘lgan paytda e’tibor qaratgan: sog‘liqni saqlash, migratsiya siyosati, saylov huquqi, iqlim o‘zgarishi kabi asosiy muammolar shou mavzulari bo‘lishi mumkin. Mishel esa to‘g‘ri ovqatlanish haqidagi ko‘rsatuvni olib borishi mumkin.
Shartnoma summasi va shou seriyalari soni hamda ularning formatiga hozircha aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)