Google kompaniyasi Android P operatsion tizimining sinov talqinini ishga tushirdi. Bu haqda tizim yaratuvchilarining blogida xabar berildi.

Foto: Developer Android

Yangi Android’ning 14-martda taqdim etilishi rejalashtirilgan edi. Tizimining yangi talqini hozircha faqat Pixel qurilmalari uchun chiqarilgan.

Yangi talqinning yangiliklari qatoriga interfeysni sozlash vazifasining mavjudli kiradi. Bu orqali ekrandagi joyni boshqarish imkoni bo‘ladi va bu “bitta qoshli” smartfon ishlab chiqaruvchilar uchun ayni muddao hisoblanadi.