Tehron prokurori tomonidan ma’lum qilinishicha, 2017-yil dekabr oyining oxirida eronlik noma’lum ayol ko‘chada hijobini yechgani uchun ikki yilga qomoq jazosiga hukm qilingan, deb yozmoqda AP.

Foto: AP

Prokuror tomonidan aytilishicha, ayol omma oldida hijobni yechish orqali “korrupsiyani qo‘llab-quvvatlagan”.

Fevral oyida mamlakat politsiyasi hijobini yechgan 29 nafar ayolni “Oq chorshanba” nomli hijobga qarshi kampaniya a’zosi sifatida qo‘lga olgan.

Politsiya tomonidan ma’lum qilinishicha, kampaniya fors tilidagi va xorijda joylashgan telekanal tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Unga ko‘ra, ishtirokchi ayollar chorshanba kuni oq hijobini yechadi.

Eronda omma oldida sochini ko‘rsatgan ayollar ikki oyga qamaladi va 25 dollar miqdorida jarimaga tortiladi.