Amazon kompaniyasining vakili tomonidan ma’lum qilinishicha, kompaniya Alexa ovozli yordamchisining qo‘rqituvchi kulgisidan xabardor. Bu kamchilik bartaraf etilishi kompaniya tomonidan va’da qilingan, deb yozmoqda TJournal.

Foto: TJournal

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, Alexa ovozli yordamchisi “Alexa, laugh” (“Aleksa, kul”) buyrug‘iga reaksiya bildiradi va boshqa gaplarda ham mazkur buyruqni tushunishi mumkin. Qurilmaning noto‘g‘ri ishlashini bartaraf etish maqsadida buyruqni “Alexa, can you laugh” tarzida o‘zgartirishga va’da qilingan.

Bundan tashqari, kamchilik bartaraf etilganidan so‘ng qurilma dastlab “Albatta, men kula olaman”, deydi va keyin kuladi.

Avvalroq Amazon’ning “aqlli” ovozli yordamchilaridan foydalanuvchilar uning kutilmaganda dahshatli kulayotganidan shikoyat qilgan edi.