“Yuventus” futbol klubi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Foto: FotMob

Turinda Londonning “Tottenhem” klubini qabul qilib, nimchorak finalning dastlabki o‘yinida 2:2 hisobida durang o‘ynagan Italiyaning so‘nggi olti yillikdagi chempioni, “Uembli”da kechgan javob o‘yinida 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvda hisob “shporlar” hujumchisi Son Xyon Min tomonidan ochilgan bo‘lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda “Yuve”ni argentinalik hujumchilar qutqarib qoldi. Avvaliga Gonsalo Iguain muvozanatni tiklagan bo‘lsa, uch daqiqadan keyin uning pasidan Dibala gol urishga erishdi.

Iguain birinchi o‘yinda 2 ta gol urishga erishdi. Uning sermahsulligi “Yuventus” uchun qo‘l keldi. “Tottenhem” guruh bosqichida Dortmundning “Borussiya” klubini qoldirib ketgan, shuningdek, Madridning “Real” klubidan ustun bo‘la olgandi. Biroq Maurisio Pochettino shogirdlarining kuchi chorak final uchun kamlik qildi.

Chempionlar Ligasi

Nimchorak final

7-mart, chorshanba

“Tottenhem” — “Yuventus” 1:2

Gollar: Son Xyon Min, 39 (1:0). Gonsalo Iguain, 64 (1:1). Paulo Dibala, 67 (1:2).