“Yilning eng yaxshi avtomobili” tanlovi tashkilotchilari joriy yilda g‘oliblik uchun kurashadigan finalchilar ro‘yxatini ma’lum qildi. Bundan tashqari tanlov hakamlari qo‘shimcha beshta yo‘nalish bo‘yicha nomzod bo‘lgan mashinalar nomini e’lon qildi, deb xabar berdi “Motor”.

Foto: “Motor”

Tanlov g‘oliblari 28-mart kuni Nyu-Yorkdagi motorshouda e’lon qilinadi.

“Yilning eng yaxshi avtomobili” mukofotini qo‘lga kiritishga da’vogar finalchilar qatori krossoverlardan tashkil topgan: Mazda CX-5, Range Rover Velar hamda Volvo XC60.

Foto: “Motor”
Range Rover Velar

Foto: “Motor”
Volvo XC60

Foto: “Motor”
Mazda CX-5

Volvo XV60 yil boshida “Shimoliy Amerikadagi eng yaxshi yengil avtomobil va yo‘ltanlamas” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

“Vakillik avtomobili”, “Sportkar”, “Shahar avtomobili”, “Yashil” avtomobil va “Eng yaxshi dizayn” yo‘nalishlariga bo‘yicha quyidagi modellar o‘zaro kurash olib boradi:

2017-yilda “Yilning eng yaxshi avtomobili” nomiga Jaguar F-Pace sazovor bo‘lgandi.