Qonliko‘lda Volvo yuk mashinasi haydovchisi sodir etgan YTH oqibatida 2 nafar shaxs vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: Google Photos

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida 6-mart kuni soat 03:00 larda Samarqand tumani Dashtakibolo qishlog‘ida yashovchi, “Akmal” MChJ haydovchisi, 1985-yilda tug‘ilgan Sh.Ismoilov o‘zining boshqaruvidagi Volvo yuk avtomashinasini “G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu” yo‘lining 847-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan uch nafar piyodani urib yuborgan.

Natijada O.Kamalov jarohat olib voqea joyida va P.Joldasov kasalxonaga keltirilganida vafot etganlar, B.Xojantayev kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.