Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifidan ulkan natijalar kutilmoqda. Tashrif doirasida imzolash uchun 27 hujjat tayyorlangan. Davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma, fuqarolarning o‘zaro qatnovi to‘g‘risidagi bitim ular orasida eng muhimlaridir, dedi Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shuningdek, tashrif doirasida o‘tkaziladigan biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasida umumiy qiymati 140 million dollardan ortiq bo‘lgan tijorat shartnomalari imzolanishi kelishilgan.

“Bilasiz, Prezidentimiz konstruktiv ish olib boradi va masalalarni joyida hal qiladi. Shu nuqtai nazardan, tashrif paytida kelishuvlar miqdori yanada oshishi mumkin”, — deyiladi xabarda.