Peruda yo‘lovchi avtobusi shossedan chiqib ketib, jarlikka quladi. Buning oqibatida o‘n kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Voqea 7-mart kuni ro‘y berdi. Avtobus poytaxt Limadan Ayakucho shahriga ketayotgan edi. U 120 metr balanddan jarlikka quladi.
To‘rt erkak va olti ayol halok bo‘ldi.