Markaziy bank bank muassasalariga kirishda hujjat tekshirishni bekor qilishni taklif etmoqda. Bu “Bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasida ko‘zda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Foto: “Gazeta.uz”

Markaziy bank 2018-yil 1-iyuldan tijorat banklari uchun quyidagi talablarni belgilashni taklif etmoqda:

Mijozlar bevosita xizmat ko‘rsatish hududiga to‘siqlarsiz, dastlabki ruxsat va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz o‘tishi;

Ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida mijozlar qabuli ma’murlaridan dastlabki maslahatlar olish;

Kredit talabnomalari ro‘yxatga olinishi va ko‘rib chiqilishi, kredit berilishi yoki rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi jarayoni shaffofligini ta’minlash.

Mazkur hujjat 22-martga qadar muhokama etilishi va izoh qoldirlishi mumkin. Uning 31-martdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.