Turkiya Iroq harbiy kuchlari bilan hamkorlikda ushbu mamlakat hududida “Kurdiston ishchi partiyasi”ga qarshi harbiy operatsiya o‘tkazadi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bayonot berdi, deb xabar qiladi “Vestnik Kavkaza”.

Foto: “Vestnik Kavkaza”

Vazirning ta’kidlashicha, Iroq rasmiylari qo‘shma operatsiyani 12-may kuni o‘tadigan parlament saylovidan so‘ng boshlamoqchi.

“Iroq hukumati mamlakatni terrorchi tashkilotlardan tozalamoqchi”, — dedi Chovusho‘g‘li.