Amerikalik erkak o‘z kalamushini o‘g‘rilik ustida qo‘lga tushirdi. Holat aks etgan videoga Daily Mail e’tibor qaratdi.

Videoda uy kalamushi o‘z qafasiga divan ustida turgan 20 dollarlik kupyuralarni olib ketishga uringan. U bilan holatni videoga olayotgan erkak kurashgan. U pul uy ijarasini to‘lash uchun kerakligini aytib, kemiruvchidan uni qaytarib berishni so‘ragan.

Biroq kemiruvchi pulni o‘g‘irlashga urinishdan to‘xtamagan va hatto birdaniga ikkita kupyurani olib qochishga ham uringan.