Jizzax viloyati Zafarobod tumanida yuz bergan YTH oqibatida 2 haydovchi vafot etdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: Google Images

Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 6-mart kuni soat 20:20 larda Lolazor QFY Afrosiyob ko‘chasi raqamsiz uyda yashagan, tuman suv xo‘jaligi ishchisi, 1971-yilda tug‘ilgan A.Xosilbekov ishonch qog‘ozi bilan boshqaruvidagi “VAZ-2107” rusumli avtomashinasini “Arnasoy—Zafarobod—Paxtakor” yo‘lining 11-km.da haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Arnasoy tumani Yangibo‘ston qishlog‘ida yashagan, 1982-yilda tug‘ilgan B.Nosirov boshqaruvidagi “VAZ-21011” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “VAZ-21011” avtomashinasi haydovchisi B.Nosirov jarohat olib voqea joyida, “VAZ-2107” avtomashinasi haydovchisi A.Xosilbekov kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.