Oliy darajadagi O‘zbekiston – Tojikiston uchrashuvi arafasida 6–8-mart kunlari Dushanbe shahrida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlar delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya qo‘shma majlisining 24-fevralda Farg‘ona shahrida imzolangan bayonnomasi ijrosi doirasida davlat chegarasining ayrim uchrastkalari to‘g‘risida shartnoma loyihasiga kerakli ilova tayyorlandi va rasmiylashtirildi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan.

Muzokaralar konstruktiv muhitda, do‘stlik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi.

Uchrashuv yakunida bayonnoma imzolandi.