Airbus aviaquruvchi konserni 3,7 ming xodimini ishdan bo‘shatadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Aniqlashtirilishicha, gap Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Ispaniyada faoliyat yurituvchi xodimlar haqida ketmoqda.

A380 modeli laynerlari hamda A400M harbiy-transport samolyotlari ishlab chiqarilishi qisqartirilishi munosabati bilan bunday qaror qabul qilindi.