Xitoyning Vivo kompaniyasi yaqinda V7 va V7+ smartfonlarini taqdim etgan edi, endi esa allaqachon yangi Vivo V9 modelini tayyorlamoqda. Tarqalgan fotosuratlarga ko‘ra, u ko‘p jihatdan iPhone X’ga o‘xshaydi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Old panelda ekranning tepa qismidagi “soyabon” ko‘zga tashlanadi. Ekran katta, ingichka romli, 18:9 nisbatli bo‘ladi. Ammo diagonali va pikseli hozircha noma’lum. Vivo V9 ning orqa panelida iPhone X bilan o‘xshashlik kamroq, biroq baribir bor — masalan, vertikal tarzda joylashgan qo‘sh kamera moduli. Uning yoniga barmoq izi skanerini joylashtirishdi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Vivo V9 o‘rtacha Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, shu tufayli, narxi ham iPhone X’nikidan ancha past bo‘ladi.