Suriya hukumat kuchlari va uning ittifoqchilari tomonidan Sharqiy Guta anklaviga 18-fevraldan buyon amalga oshirilgan kuchli aviazarbalar va artilleriyadan o‘qqa tutish oqibatida allaqachon 800 ga yaqin tinch aholi, jumladan, 180 nafar bola halok bo‘ldi. Mazkur ma’lumotlar 6-mart kuni Suriya inson huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish markazi tomonidan e’lon qilindi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Halok bo‘lganlar orasida kamida 177 nafar bola bor. Faqat 6-mart kunida Sharqiy Gutada 19 nafar fuqaro bombardimon va o‘qqa tutishlar qurboni bo‘ldi”, — ta’kidlaydi monitoring markazi.
Suriya hukumat kuchlari va ularga ittifoqchi kuchlar anklavga chuqurroq kirib bormoqda. 6-mart tongida ular Sharqiy Gutaning 40 foizga yaqin hududini nazorat qilmoqda.
Izoh (0)