Rossiya, Turkiya va Eron tashqi siyosat boshqarmalari rahbarlari 16-mart kuni Suriya bo‘yicha Ostonadagi uchrashuvda qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 7-mart kuni Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdrahmonov jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Menda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi yarashuv jarayoni kafil mamlakatlari, Rossiya, Turkiya va Eron TIV rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur hujjatda Ostona jarayoni olg‘a siljishining asosiy yo‘nalishlari, jumladan, muzokaralarning navbatdagi raundi ehtimoliy muddatlari aks etishi mumkin”, — deydi Abdrahmonov.
Uning so‘zlariga qaraganda, Qozog‘iston TIV uchta mamlakat tashqi siyosat boshqarmalarining Ostonadagi uchrashuviga katta umid bog‘lamoqda.
Izoh (0)