Angliyaning “Liverpul” klubi Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi.

Foto: FotMob

Koutinyosiz qolgan “Liverpul”ning hujum uchligi “Portu” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi

Uning ilk o‘yinini “Dragau” stadionida o‘tkazib, mezbon “Portu” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urgan “mersisayd” klubi, bu safar 0:0 hisobiga rozi bo‘ldi. Yurgen Klopp asosiy futbolchilariga dam berishi tahmin qilingandi. Biroq u Muhammad Salohni inobatga olmasa, qolgan yetakchilar maydonda ko‘rinish berdi. Hatto Saloh ham ikkinchi bo‘limga kelib “Enfild”ga chiqarildi.

“Liverpul” so‘nggi bor 2009-yil Chempionlar Ligasining chorak finaliga yetib kelgandi. Oradan 9 yil o‘tib, Yurgen Klopp jamoani yana o‘sha bosqichga olib chiqdi.

Chempionlar Ligasi

Nimchorak final

6-mart, seshanba

“Liverpul” — “Portu” 0:0

Dastlabki o‘yin: 5:0