“Korzinka.uz” supermarketlar tarmogʻi 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan innovatsiyaviy yangilikka qoʻl urdi.

Tabrik.korzinka.uz saytida foydalanuvchi yaqinlariga video-tabriknoma yuborishi uchun videoning kimga atalganini belgilab, ismini yozishi (onasi, rafiqasi yoki doʻsti) va ularning bitta vertikal shakldagi rasmini yuklashi lozim.

Hosil boʻlgan 36 soniyalik videoni yuklab olish yoki atalgan insonga video havolasini yuborish mumkin. Video-tabriknoma xizmati oʻzbek va rus tilida ishlamoqda.

Reklama huquqi asosida!