Niderlandiyaning PAL-V kompaniyasi Jenevada bo‘lib o‘tayotgan avtosalonda o‘zining ilk seriyali uchar avtomobilini — Liberty’ni taqdim etdi. Mashina 2 kishini hamda 20 kilogrammgacha yukni tashishga qodir. Taxminlarga ko‘ra, aerokarni 2019-yildan boshlab mijozlarga yetkazib berish boshlanadi, deb xabar berdi “Motor”.

Foto: “Motor”

PAL-V Liberty’ning asosini ikkita Rotax aviatsion dvigatellari tashkil qiladi. U yerda harakatlanganida motor 100 ot kuchiga teng quvvatni ishlab chiqaradi. Soatiga 100 kilometr tezlikda harakatlanishi uchun esa to‘qqiz soniyadan kamroq vaqt kerak. Maksimal tezligi — 160 km/soat. Liberty bitta baki bilan 1315 kilometrni bosib o‘tishi mumkin va bunda u har 100 kilometrga 7,6 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Foto: “Motor”

Parvoz vaqtida uning motori 200 ot kuchiga qadar quvvatda ishlaydi. Mashina soatiga 180 kilometr tezlikda, yerdan 3,5 metrgacha balandlikda harakatlana oladi. Uning havoga ko‘tarilishi uchun 330 metr to‘g‘ri yo‘l kerak. Mashina havoda 4,3 soat to‘xtovsiz harakatlanib, 500 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin.

Foto: “Motor”

PAL-V Liberty’ni oldindan buyurtma qilish uchun 2,5 mingdan 25 ming dollargacha depozit qo‘yish kerak. Avvalroq, mazkur aerokarning bazaviy versiyasi 299 ming dollarga baholangan edi.

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”

Foto: “Motor”