Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanxay SIPG” klubi Chempionlar Ligasining 3-turidan keyin ham peshqadamligini saqlab qoldi.

Foto: OFK

Shanxayliklar dastlabki ikki turda Yaponiya va Avstraliya klublarini taslim qila olgandi. Bu safar ular Janubiy Koreya jamoasi bilan jangovor durang qayd etdi. Har ikki safar koreyaliklar hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, bunga ikki daqiqa ichida Oskar javob berib turdi.

Odil Ahmedov uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazdi hamda 88-daqiqada o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Uning qatorida braziliyalik uch legioner — Oskar, Elkesen hamda Xalk ham bellashuvda ishtirok etdi.

Bir kun avval o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi Server Jeparov to‘p surayotgan Eronning “Istiqlol” klubi ham 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Mazkur futbolchilarning jamoasi o‘z guruhlarida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekistonning turnirda ishtirok etayotgan ikki klubi esa 3-o‘rinlarni egallab turibdi.

Server Jeparov to‘p surayotgan “Istiqlol” Amirliklarda “Al-Ayn”ga 2 ta gol urdi. Forslar guruhda peshqadam

Chempionlar Ligasi

“F” guruhi. 3-tur

7-mart, chorshanba

“Shanxay SIPG” — “Ulsan Xyundai” 2:2

Gollar: Richard Vindbichler, 37 (0:1). Oskar, 39 (1:1). Kim In Sung, 68 (1:2). Oskar, 70 (2:2).

“Kavasaki Frontale” — “Melburn Viktori” 2:2

Gollar: Elsinyo, 28 (1:0). Besart Berisha, 36 (1:1). Noborizato, 55 (2:1). Leroy Jorj, 93+ (2:2).

Foto: OFK