Amazon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Alexa ovozli yordamchisining foydalanuvchilari qurilmaning dahshatli kulgisidan shikoyat qilishni boshladi. Qurilma kutilmaganda, masalan, yarim tunda dahshatli kulmoqda. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Foto: TJournal

Ovozli yordamchilarning egalari tomonidan aniqlanishicha, qurilmalar alohida gaplar yoki tovushlarni “How do you laugh” (“Sen qanday kulasan”) buyrug‘i sifatida qabul qila oladi va kulib yuboradi.