Boshqirdistonda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan haydovchi ayol o‘ziga tegishli Daewoo Matiz avtomobilidan tushishdan bosh tortdi va uni ichkaridan bolta bilan chopa boshladi. Mazkur holat aks etgan videorolik “VKontakte”ga joylashtirildi.

Foto: “Day.az”

Videoni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayol avtomobilning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan bolaning yig‘isiga ham e‘tibor bermagan.

Hodisa 5-mart kuni Sterlitamak shahridagi Ibragimov ko‘chasida yuz bergan.

YPX xodimlari oxir oqibat ayolni avtomobildan tushishga ko‘ndirgan va uni patrul avtomobiliga o‘tqizib olib ketgan.