Rossiya Razvedka bosh boshqarmasining Buyuk Britaniyada zaharlangan sobiq polkovnigi, Rossiyadagi britaniyalik sobiq ayg‘oqchi Sergey Skripal o‘z hayotidan xavotir olgan. The Telegraph’ning ma’lum qilishicha, bu haqda u Britaniya politsiyasiga xabar qilgan, deb yozadi “Vedomosti”.
Skripal Rossiyada davlatga xiyonat qilganlik uchun jazoga hukm qilingan, biroq Rossiya va Peruning o‘n nafar fuqarosini almashish bo‘yicha operatsiya doirasida 2010-yilda Buyuk Britaniyaga kelgan va mazkur mamlakatdan boshpana huquqini olgan edi.
Kuni kecha 66 yoshli Skripal va ismi oshkor etilmagan 30 yoshli ayol Solsberidan og‘ir ahvolda topilgan. Ular noma’lum modda ta’siriga uchragan. Ularni topgan ayolning ma’lum qilishicha, ular hushida bo‘lgan, biroq xuddi muzlatib qo‘yilgandek bo‘lgan. Jabrlanuvchilar Solsberi markaziy gospitaliga yetkazilgan. Hozirda ularning ahvoli og‘ir.
Jabrlanuvchilardan biri Zizzi restoranida tushlik qilganligi taxmin qilinmoqda. Hozirda restoran ehtiyot chorasi sifatida yopilgan.
Izoh (0)