Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirlarining Suriya bo‘yicha uchrashuvi 16-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda 6-mart kuni Qozog‘iston TIV matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Suriya bo‘yicha Ostona jarayonining kafil mamlakatlaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, Eron Islom Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari 2018-yilning 16-martida Qozog‘iston poytaxtida uchrashish niyatida”, — deyiladi xabarda.
Muzokaralar davomida ishtirokchilar Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha birgalikdagi harakatining bir yili mobaynida erishilgan natijalarni tahlil qilish, shuningdek, bundan keyingi birgalikdagi harakatlarini belgilashni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)