Paleontologlar birinchi marta Yerda 127 million yil avval yashagan polaponning tana va pat izlarini topdi. Topilma taraqqiyot haqidagi bir nechta sirlarni ochishga yordam beradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Dunyo bo‘ylab topilgan o‘nlab topilmalar qatorida mazkur topilma dinozavrlar davrida yashagan qadimiy qushlar olamiga nazar solishga imkon beradi. Hayratlanarlisi shundaki, hozirgi zamonda yashayotgan qushlarning ko‘plab farqli jihatlari o‘sha davrda rivojlangan yoki allaqachon mavjud bo‘lgan.

Hozirgi kunda paleontologlar orasida qushlarning patlari paydo bo‘lishi yuzasidan turli fikrlar mavjud. Olimlarning bir qismi ta‘kidlashicha, patlar qushlarga dinozavrlardan xoli bo‘lgan yangi hudud — havoni egallash imkonini bergan. Boshqa paleontologlar esa patlar parvoz uchun emas, balki tanani isitish va urg‘ochi qushni jalb qilish uchun paydo bo‘lgan, deb hisoblaydi.