Nokia 9 flagmani sentabrdagina taqdim etiladi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Uning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar allaqachon internetga tarqalgan, ammo sentabrgacha hammasi o‘zgarib ketishi mumkin.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Manbaga ko‘ra, Nokia 9 taxminan Galaxy S9+ nikiga teng narxda sotiladi (uning narxi Rossiyada 67 ming rubl — qariyb 1190 dollar).

Qurilma 5,7 dyuymli 1440×2560 pikselli OLED ekran, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 845 chipi, 6 yoki 8 Gb tezkor va 64/128 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli qo‘sh kamera, 5 megapikselli old kamera, 3250 mA/soat sig‘imli batareyaga ega bo‘ladi. Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi.