Seulda Amerikaga qarshi kayfiyatdagi ikki namoyishchi AQSh elchixonasiga kirishga uringandan so‘ng politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda 6-mart kuni Yonxap agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hodisa 5-mart kuni yuz bergan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari qo‘lida bir dasta varaqa bilan elchixona hududiga yugurib kirishga uringan.
Tashviqot varaqalarida AQSh rasmiylarini yadro urushi va KXDRga bostirib kirish ehtimoli yuzasidan harakatlarni ishlab chiqishga qaratilgan harbiy manyovrlarni o‘tkazishdan voz kechishga da’vatlar bo‘lgan.
Izoh (0)