Mart boshida Malayziyaning Switch brendi ostida ishlaydigan Apple reselleri vitrinadagi nusxalar chegirma bilan sotilishini e’lon qildi, deb yozadi TJournal. Ular orasida 50 dollarlik so‘nggi o‘nta iPhone 5S, 77 dollarlik so‘nggi iPad Air 2 va 128 dollarlik 2011-yilgi MacBook Air bor edi.

Foto: TJournal

Tunda kelib navbat egallashga taqiq qo‘yilgan bo‘lishiga qaramay, xaridorlar do‘kon ochilishidan 19 soat avvalroq to‘plana boshladi. Ish kuni boshlanishiga qadar 11 mingdan ziyod odam yig‘ildi, navbat do‘kon eshigidan boshlanib, savdo markaziga kirish joyigacha cho‘zilgan hamda binoni ko‘cha bo‘ylab bir necha marta o‘rab olgan edi.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Shov-shuvni eplay olmagach, Switch vakillari chegirmali savdolarni “xavfsizlik maqsadlari”da noma’lum muddatga kechiktirdi va tez kunlarda Apple’ning boshqa qurilmalariga ham chegirmalar e’lon qilinishini aytdi.