Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak finalidan joy olgan javob uchrashuvlari bugun — 6-martdan e’tiboran start oladi.
Seshanba oqshomiga 2 ta o‘yin tayin qilingan. Birida “Real” Parijda PSJ bilan bellashsa, ikkinchisida liverpulliklar “Portu”ni qabul qiladi.
Ikkinchi to‘qnashuvning Portugaliyada o‘tgan o‘yinida Yurgen Klopp jamoasi 5:0 hisobida zafar quchgandi. Shundan kelib chiqilsa, “mersisayd” klubi bir oyog‘i bilan chorak finalda. Parijdagi to‘qnash esa ancha jiddiy bo‘ladi. Tomonlarning Madridda o‘tgan ilk o‘yinida “Real” 3:1 hisobida zafar quchgandi. Endi parijliklar mana shu 2 ta farqni yo‘qqa chiqarishga urinib ko‘radi.
Chempionlar Ligasi Nimchorak final 6-mart, seshanba
PSJ — “Real Madrid” UzReport“Liverpul” — “Portu” Futbol-TV
Izoh (0)