Yevropaning INTEGRAL rentgen observatoriyasi birinchi marta noodatiy kosmik hodisaning guvohi bo‘ldi. Olimlar neytronli “vampir” yulduz qo‘shnisi — keksa qizil gigantdan materiya o‘g‘irlashini tomosha qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Hodisa simbiotik egiz rentgent yulduzlaridan iborat kamyob yulduz tizimining yuzaga kelishi hisoblanadi. Qizil gigant tomonidan chiqarilgan shamol oqimining anchagina sekin va tekis bo‘lishi qo‘shni yulduzning o‘lik yadrosini jonlantirish va qaytadan uni yoqib, yuqori energiyali chaqinlarni yuzaga keltirishi uchun yetarli bo‘lgan.