Flippy roboti Pasadina shahridagi (AQSh) Cali tezkor ovqatlanish restoranida burgerlar pishirishni boshladi, deb xabar berdi TechCrunch.

Foto: CNBC

Flippy bir vaqtning o‘zida 12 ta sendvichni tayyorlash bilan birga, ish joyini yig‘ishtirishga va qiyma tayyorlashga  qodir.

Bu kabi robotning narxi 60 ming dollarni tashkil etadi, bundan tashqari kompaniya mashinaga xizmat ko‘rsatish uchun yiligi 20 ming dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi. Shunga qaramay Cali yangi robotning mahsulot tayyorlashdagi tezkorligi va chiqindi kam chiqarishini inobatga olib yana 50 ta Flippy’dan restoraniga o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Cali ijrochi direktori Jon Millerning ma’lum qilishicha, kompaniyada yaqin orada oshxonada xavfli hamda kam ish haqi to‘lanadigan mehnat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar soni qisqartiriladi.