Los-Anjeles politsiyasi aktrisa Frensis Makdormandning “Oskar” haykalchasini o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan erkakni hibsga oldi. Bu haqda shahar politsiyasi rasmiy vakili Rosario Erreraga tayanib, Associated Press agentligi xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Foto: AP

Gumonlanuvchi Terri Brayant bo‘lib, u 47 yoshda. Politsiya taxminiga ko‘ra, u Makdormandning mukofotini Gubernator bali vaqtida o‘g‘irlagan. Bal “Oskar” mukofoti bilan taqdirlash marosimidan so‘ng an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.

Uni hibsga olgunlariga qadar, gumonlanuvchi Facebook’ga video joylashga ulgurgan. Unda “Oskar”ni ko‘rsatib, bu uning mukofoti ekanligini ma’lum qilgan.

Keyinroq Brayant 20 ming dollar garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan.