Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida kursantlar uchun kitob yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Taddbir “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, “Sharq ziyokori” va “O'zdavkitobsavdota'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan taqdim etilgan yangi adabiyotlar, ma’rifiy-siyosiy, O‘zbekiston tarixi, inson huquqlari va qonunchiligiga oid kitoblar, badiiy asarlar, jahon adabiyotining durdonalari namoyishiga bag‘ishlandi.
– Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrda qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim hujjatdir, — dedi institutning axborot-resurs markazi boshlig‘i Sherali Anvarov. — Kitob yarmarkalarini tashkil etish yangi asarlar nashri bilan tanishtiradigan eng yaxshi usul. Bu yerda ta’lim olayotgan kursantlar orasida adabiyotga qiziqadiganlari juda ko‘p. Ular orasida iqtidorli ijodkorlar ham bor. Kitoblarga ular qiziqish bilan qarayotgani va xarid qilayotgani bizni quvontiradi.
Izoh (0)