Tarmoqlarda Yekaterinburg shahri uzra yorqin meteorning uchib o‘tgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Kadr: YouTube

Ural federal universiteti qoshidagi ilmiy observatoriya muhandisi Vladilen Sanakoyevning ma’lum qilishicha, ko‘k rangli yorqin yog‘du mazkur osmon jismi katta tezlikda uchib o‘tganidan dalolat beradi.

Sanakoyevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu meteorning yorug‘ligi to‘lin Oyniki kabi yorqin, shu sababli uni superbolid deb ham atash mumkin.