“Osiyo” serialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning Scorpion filmida suratga tushadi. Bu haqda film ijodkorlari “Daryo”ga xabar bermoqda.

Foto: “Vesti.ru”

5-mart kuni yosh kinoijodkorlar kengashi raisi hamda film prodyuseri Oybek Abdushukurov Murat bilan Istanbul shahrida shartnoma imzoladi.

Foto: Kinematografiyani rivojlantirish markazi matbuot xizmati

Murat Yildirim 1979-yilda Turkiyaning tarixiy Konya shahrida tug‘ilgan.

Aktyor O‘zbekistonga rafiqasi, marokashlik mashhur aktrisa va model Iman Albani bilan birga tashrif buyuradi.

Foto: Google Images

Scorpion’da Murat Yildirim suratga tushadigan sahnalar Buxoro viloyatida suratga olinadi. Uning aynan qaysi obrazda chiqishi hozircha sir tutilmoqda.

Mazkur film Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda.