“Oskar” mukofotini topshirishning 90-marosimiga boshlovchilik qilgan komik Jimmi Kimmel 2017-yilda mukofot laureatlarini taqdirlash vaqtidagi yanglishish haqida eslatdi. Marosimni ABC telekompaniyasi efirga uzatmoqda, deb yozadi “TASS”.

Foto: AP

O‘tgan yilgi marosimda mojaro yuz bergan edi: “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kartinani e’lon qilgan aktyorlar Uorren Bitti va Fey Danaueyga yanglishib boshqa konvertlar topshirilgan edi. Xato uchun javobgarlikni PricewaterhouseCoopers auditorlik-konsalting kompaniyasi zimmasiga olgan edi. Kompaniyaga 1934-yildan buyon byulletenlarni tarqatish va kinoakademiya ovozlarini hisoblash ishonib topshirilgan.

“Hozir PricewaterhouseCoopers butun e’tiborini konvertlarga qaratishga va’da berdi. O‘tgan 89 yil davomida ularning e’tibori qayerda edi?” — deya hasrat qildi Kimmel. U, shuningdek, bunday xato yana takrorlanmasligini tekshirishning yagona yo‘li shouni oxirigacha o‘tkazish ekanligini bildirdi. Xavotirlar bejizga emas: Bitti va Danaueyga yana nominatsiyalardan birini e’lon qilish yuklatilgan.