Barselonadagi MWC 2018 ochilishida Huaweiga GSMA’ning “Aqlli shaharlar uchun eng yaxshi mobil innovatsiyalar” mukofoti topshirildi. Bu mukofot kompaniyaga o‘nlab aqlli shaharlar loyihasida NB-IoT texnologiyalarni keng qo‘llashga innovatsion yondashuvi uchun berildi.

“NB-IoT texnologiyalar tez o‘sayotdan ekotizim va biznes uchun yaqqol qadrli ekani bilan yetuklikga erishadi”, — dedi Huawei kompaniyasidagi Carrier Business Group’ning marketing bo‘yicha vitse-prezidenti Edvard Fan. “Bu kabi texnologiyalarning iqtisodiy va ijtimoiy foydasi tobora ko‘proq qadrlanmoqda. 2017-yilda 39 ta tijorat tarmog‘i, 500 mingta baza stansiyalari va NB-IoT ga 100 millionta ulanish yaratildi.  2018-yil oxirigacha biz 100 ta tijorat tarmog‘i, 1,2 million baza stansiyalari va 150 millionta ulanishni ko‘rishni kutyapmiz”, — deb qo‘shimcha qildi Fan.

“Smart-shaharlar uchun NB-IoT ga asoslangan yechimlar anchayin samarali munitsipial boshqaruv, yanada sifatliroq kommunal xizmatlar va birmuncha silliq sanoat modernizatsiyasini ta’minlaydi. Va odamlar bizni “yaxshi boshqariladigan, yoqimli va gullab-yashnayotgan aqlli shahar” maqsadiga yaqinlashtiruvchi yanada xavfsiz, qulay va yaxshi hayotdan bahra olishadi”.

Aqlli  shahar g‘oyasi butun dunyoda tobora kuchayib bormoqda. Hamkorlar va tarmoqdagi sheriklar bilan ishlayotgan Huawei 40 ta tarmoqda foydalaniladigan yechimlarning 50 ga yaqin ssenariysini o‘z ichiga olgan. Ular jumlasiga suv va gaz hisobi, ko‘chadagi avto to‘xtash joylari, yoritish, shering-velosipedlar, tutun chiqishini aniqlash, o‘t o‘chirish gidrantlarining va atrof muhit monitoringgi, chiqindilarni olib chiqib ketishni boshqarish va pochta qutilarini boshqarish kiradi.

Amalga oshirilgan loyihalarning hammasi beqiyos natija berdi. Huawei MWC 2018 uchun tayyorlagan misollarda aloqa operatorlari tushumlar o‘sishi avvalgi biznes ko‘rsatkichlarga nisbatan uch-o‘n barobar ortganiga guvoh bo‘lishdi. Bu Huawei’ning “Aloqa  chegarasidan tashqarida, IoT xizmati” tashabbusi haqqoniy ekanining eng asosli tasdig‘idir.

Reklama huquqi asosida!