Twitter’dagi LlabTooFer nikli foydalanuvchi HTC kompaniyasining Imagine nomi ostida yaratilgan yangi flagmanini asosiy texnik tavsiflari bilan bo‘lishdi. Uning ma’lum qilishicha, smartfon aprel oyida taqdim etiladi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.Ru

Yangi smartfon ko‘p jihatdan o‘zidan oldingi HTC U11+’ga o‘xshab ketadi. Unga tomonlari nisbati 18:9 bo‘lgan 6 dyuymli displey, shuningdek, barmoq izi skaneri funksiyasi yoki Face ID funksiyasi o‘rnatilishi mumkin.

HTC ikkitalik modulga ega kamerani smartfonga One M8 yordamida birinchi bo‘lib 2014-yilda joylashtirishga harakat qilgan, biroq bu kabi yechim 2016-yilga kelibgina ommalashgan. U12 flagmani bilan birga HTC kompaniyasi 12 va 16 megapikselli kamerani bitta modulga joylashtirish qaroriga qaytadi.

Shu bilan birga U12’ning yon tomoniga Edge Sense 2.0 “sezuvchan” qurilmasi o‘rnatiladi — smartfonni qattiq qisib kamerani yoki boshqa dasturlarni ishga tushirish mumkin bo‘ladi.

HTC U12’ning texnik tavsifi:

  • Displey: 2880x1440 nuqtaga ega  5,99 dyuymi Super LCD;
  • Protsessor: Snapdragon 845;
  • Xotira: tezkor xotirasi 6 gigabaytgacha, ichki xotirasi esa 256 gigabaytgacha;
  • Kamera: 12+16 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli frontal kamera;
  • Akkumulyator: 3420 mA/soat;
  • Operatsion tizimi: Android 8.0 Oreo