Focus2move tahlil agentligi mutaxassislari 2017-yil yakunlari bo‘yicha eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar reytingini tuzdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Flickr

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni yengil va tijorat avtomobillarini chiqaruvchi Volkswagen Group konserni egalladi. O‘tgan yil ichida Germaniya kompaniyasi qariyb 10,4 millionta mashina sotdi, bu 2016-yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 3,5 foizga ko‘proq demakdir.

Ikkinchi o‘rinda Yaponiyaning Toyota Motor korporatsiyasi joylashdi, u 2017-yilda taxminan 10,2 millionta avtomobil sotdi. Yetakchilar uchligiga o‘tgan yili 10 milliontadan sal ortiqroq avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan Renault-Nissan alyansi yakun yasadi.

Eng muvaffaqiyatli avtomobil ishlab chiqaruvchilar beshligiga, shuningdek, Hyundai-Kia (7,2 millionta) va General Motors (6,8 millionta) ham kirdi.