AQSh Harbiy-havo kuchlarining Vandenbergdagi bazasida joriy yilda Marsga yuborilishidan avval InSight qo‘nish modulini sinovdan o‘tkazish boshlanadi, deb yozadi “TASS”.

Foto: NASA

NASA matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mutaxassislar joriy haftada mazkur sinovlarni o‘tkazishga kirishadi. Apparat 28-fevral kuni Denverdan (Kolorado shtati) S-17 harbiy-transport samolyoti bortida Vandenbergdagi bazaga yetkazilgan.

Modul uni tayyorlagan korporatsiya Lockheed Martin korxonasidan yetkazilgan. Modul funksiyalariga oid sinov yakunlangandan so‘ng apparatning dasturiy ta’minoti yangilanadi. Apparat qo‘nishni 2018-yilning 26-noyabrida amalga oshirilishi belgilangan. Shundan so‘ng u Marsda 728 kun ishlaydi.