Egambergan hoji ota xotirasiga bag‘ishlab dzyudo bo‘yicha 2002–2003 hamda 2004–2005-yillarda tug‘ilgan o‘smir o‘g‘il- qizlar o‘rtasida Xorazm viloyati ochiq birinchiligi musobaqasi yakunlandi.

30 nafar birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarga velosiped, medal, diplomlar berildi.

30 nafar ikkinchi o‘rinni olgan ishtirokchiga qimmatbaho sovrin va medal, diplomlar berildi.

60 nafar uchinchi o‘rinni egallagan o‘quvchi sovrinlar, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati Xokimi yordamchisi Yaxshiboyev Shavkat Quronboyevich, “Yoshlik” sport majmuasi rahbari Polvonov Artiq Maqsudbekovich, Muhtaram hoji onamiz Yaqitjon ona, “al-Beyazim” XIChF rahbari Nuriyev Zafar Abdullayevich, “al–Beyazim Elektrik” IIChETK rahbari Avezberdiyev Ulug‘bek Atanazarovichlar qatnashdi.

Bu musobaqaga “al-Beyazim Elektrik”, “Niso Nur Elektrik”, “Aziya Elektro Energiya” va “Vostok Energiya” elektr asbob-uskunalari, yuqori va past kuchlanishdagi transformatorlar ishlab chiqarish korxonalari rahbariyati tomonidan homiylik qilindi.

Reklama huquqi asosida.