Yevroittifoq Amerika kompaniyalari uchun bojlarni oshirishda davom etgan taqdirda Yevropa avtomobillari uchun soliq joriy etiladi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.

Foto: Global Look Press

“Yevroittifoq u yerda ishlayotgan Amerika kompaniyalari uchun, bundan ham yuqori tariflar va to‘siqlar qo‘yishda davom etsa, biz ham hozir AQShga erkin kiritilayotgan mashinalarga soliq qo‘llaymiz”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

Trampga ko‘ra, Yevroittifoq Amerika avtomobillarining Yevropada sotilishini imkonsiz holatga keltirdi va bu bozorda muvozanat buzilishiga olib keldi.