Rossiya poytaxtining g‘arbida yirik YTH ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Aytilishicha, Mojaysk shossesida sakkiz avtomobil to‘qnashib ketgan. Buning natijasida yo‘lda harakat to‘xtab qolgan.
Avtohalokatga Moskvada ob-havo sharoitining yomonligi sabab bo‘lgan.
Ayni paytda shosse orqali shaharga borish yo‘li to‘silib qolgan bo‘lib, to‘rt chiziqdan bittasi orqali mashinalar o‘tmoqda.
Qurbonlar va jiddiy jarohat olganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)